Bolgariya navbatdagi uy uchrashuvini tomoshabinlarsiz qabul qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408
Evro-2020 saralash uchrashuvida bolgariyalik muxlislar Angliya futbolchilarini haqorat qilgani sababli, terma keyingiuy uchrashuvini jamoa tomoshabinlarsiz o'tkazadi, deb xabar beradi AS.
Bundan tashqari, Bolgariya futbol federatsiyasi 75 ming evro miqdorida jarimaga tortiladi va keyingi ikki uy uchrashuvida stadionga "irqchilikka yo'l qo'ymaslik" bannerlarini qo'yishi kerak.
Bolgariya muxlislarning Angliya madhiyasini hurmat qilmasliklari uchun yana 10 ming evro to'laydi (Angliya Bolgariya madhiyasini ijro etish paytida xuddi shu qonunbuzarlik uchun 5 ming evro to'laydi).
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 saralash turnirida Bolgariya navbatdagi uchrashuvini 17-noyabr kuni Chexiyaga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!