Messi: «Meni zaxiraga olishlarini yoqtirmayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 332
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi o'yin davomida o'zining almashtirilishini istamasligini aytib o'tdi.
"Meni zaxiraga olishlarini yoqtirmayman. Ko'proq o'ynab, almashtirilganimdan ko'ra, zaxira o'rindig'idan maydonga tushib, kamroq o'ynaganim yaxshiroq. O'yin so'ngida ko'p futbolchilar charchab, ko'proq bo'shliq paydo bo'lganida ko'pincha o'yin taqdiri hal bo'ladi.
Maydonni tark etib, o'yinning eng qiziq joyini o'tkazib yuborgandan ko'ra, zaxiradan maydonga tushib, undan zavq olganim yaxshi", - dedi Messi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!