«Benfika» murabbiyini iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24688
“Benfika” o'zining rasmiy saytida bosh murabbiy Ruy Vitoriyni iste'foga chiqargani haqida e'lon qildi.
Lissabon klubi rahbariyati so'nggi vaqtlarda yomon natija ko'rsatayotgani uchun 48 yoshli mutaxassisni lavozimidan bo'shatishga qaror qildi.
15 turning natijasiga ko'ra, “Benfika” turnir jadvalida 4-o'rinda ketmoqda va “Portu”dan 7 ochko ortda bormoqda. Qolaversa, “burgutlar” EChL doirasida pley-offga chiqolmadi.
Ma'lumot uchun, Vitoriya “Benfika”ni 2015 yildan beri boshqarib keladi. Uning qo'l ostida “Benfika” ikki karra Portugaliya chempioni bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!