"PSJ" Ikardini to'liq sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

PSJ "Inter" hujumchisi Mauro Ikardini to'liq sotib olmoqchi, deb xabar tarqatdi "Tuttomercatoweb".
Manbaning yozishicha, Parij klubi yaqin orada futbolchini ijara muddati tugaganidan keyin xarid qilish borasida muzokaralarni boshlaydi.
Ma'lumot uchun, Ikardi mavsum avvalida Antonio Konte uning xizmatini rad etgani uchun "PSJ"ga ijara asosida o'tgandi.
26 yoshli hujumchi Ikardi joriy mavsumda "PSJ" safida barcha turnirlarda 7 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229