Ronaldu: «Ixtiyor o'zimda bo'lganida, faqat muhim o'yinlarda ishtirok etardim»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu faqat muhim o'yinlar ishtirok etish istagani bildirdi.
«Ixtiyor o'zimda bo'lganida, faqat muhim o'yinlarda — Portugaliya terma jamoasi va Chempionlar ligasida ishtirok etardim. Bunday o'yinlar menga motivatsiya beradi. Bosim ostida o'ynashni yaxshi ko'raman. Lekin professionalizm namoyish qilgan holda klubni va oilamni hurmat qilishim kerak», – dedi Ronaldu "France Football" nashriga bergan intervyusida.
Ronaldu ushbu mavsumda A seriya doirasida 7ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195