Riberi 3ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 436

Italiya futbol federatsiyasi «Fiorentina» yarim himoyachisi Frank Riberini 3ta o'yinga diskvalifikatsiya qildi. Frantsiyalik futbolchi A seriyaning 9-turi doirasida bo'lib o'tgan o'yinda o'zini nomunosib tutgan.
Riberi uchrashuv so'ngida hakam bilan bahslashdi va yakunda futbolchi bosh hakam yordamchisi Matteo Passerini ikki marta turib yubordi.
Bungacha Frank zaxiraga olingani uchun bosh murabbiy bilan mojaroga borgan edi. Bahsning 75-daqiqasida u maydonni tark etar ekan, boshini chayqadi, so'ngra Vinchentso Montellaga qo'l uzatmadi.
Riberi yozda erkin agent sifatida «Fiorentina»ga o'tgan edi. U mazkur mavsumda 9ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golga uzatma berdi. Frantsiyalik futbolchi «Sassuolo», «Kalyari» va «Parma»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.

Bosh sahifaga
199