Pyanichning jarohati jiddiy emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 727

"Yuventus" yarim himoyachisi Miralem Pyanich Italiya chempionatining 9-turida "Lechche"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat olgan edi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko'ra, futbolchi ikkinchi bo'lim o'rtalarida maydonni tark etishga majbur bo'lgan.
Ammo keyinchalik Pyanich jarohati jiddiy emasligini ma'lum qildi.
Tez orada u maydonga qaytishi mumkin.
Joriy mavsumda 29 yoshli Pyanich barcha turnirlarda "Yuventus" safida 12 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta gollik uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
199