Riberi uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 688

"Fiorentina" yarim himoyachisi Frank Riberi A Seriyaning "Latsio"ga qarshi uchrashuvida qizil kartochka oldi.
Frantsiyalik yarim himoyachi hakamlardan "Latsio"ning g'alaba golini hisoblashgani uchun norozi bo'ldi, shundan so'ng u yon hakamni itarib yubordi.
Riberi bir nechta o'yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Bugun futbolchi o'z qilmishi uchun uzr so'radi.
«Bo'lgan voqea uchun uzr so'rayman. Muxlislardan, jamoadoshlarimdan va murabbiylardan uzr so'rayman. Shuningdek, hakamdan uzr so'rayman. Uchrashuv oxirida asabiy holatda edim. Faqat shu bilan nomaqbul xatti-harakatlarimni tushuntirishim mumkin ”, - dedi Riberi tvitterda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191