So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
14 nafar og'ir atletikachimiz Osiyo chempionati sovrindori bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 548
Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Pxenyan shahrida og'ir atletika o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda O'zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Mazkur qit'a birinchiligida ishtirok etgan 17 nafar sportchimizning 14 tasi g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Yana bir ahamiyatli tomoni yigitlarimiz yoshlar o'rtasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsalar, qizlarimiz kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqa davomida Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) o'smirlar o'rtasida siltab ko'tarish va ikki kurash bo'yicha jahon rekordlarini ham yangilashga muvaffaq bo'ldi. Musobaqada g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilarimiz ro'yxati quyidagicha:
Oltin medal:
Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg, yoshlar)
Tursunoy Jabborova (-76 kg, o'smirlar)
Asadbek Narimanov (-73 kg, o'smirlar)
Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg, yoshlar)
Doniyor Hamidov (-102 kg, o'smirlar)
Azimjon Hojiev (-102 kg, yoshlar)
Kumush medal:
Nigora Abdullaeva (-49 kg, o'smirlar)
Og'abek To'xtaev (-73 kg, o'smirlar)
Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg, yoshlar)
Mirhosil Mirzabaev (-109 kg, o'smirlar)
Bronza medali:
Layloxon Xursanova (-71 kg, yoshlar)
Nigora Suvonova (-71 kg, o'smirlar)
Dolera Davronova (-87 kg, yoshlar)
Hojiakbar Olimov (-67 kg, o'smirlar)
Delegatsiyamiz a'zolari bugun soat 19:35 da Toshkent xalqaro aeroportiga etib kelishadi.