«Manchester Yunayted» – APL tarixida 2000ta gol urgan birinchi jamoa
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skott Maktomini APLning 10-turidan o'rin olgan “Norvich”ga qarshi bahsda hisobni ochishga erishdi.
Bu “qizil iblislar”ning APLdagi 2000-goli bo'ldi. Shu tariqa, “MYu” APL tarixida 2000ta gol urgan birinchi jamoaga aylandi.
Ma'lumot uchun, “MYu”ning APLdagi birinchi golini 1992 yil Mark Xyuz kiritgan, 500-golini 1999 yil Endi Koul urgan bo'lsa, 1000-golni 2005 yil Krishtianu Ronaldu kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228