Frantsiya Argentina ustidan FIFAga murojaat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

Frantsiya Argentina terma jamoasi futbolchilarining haqoratomuz qo'shiqlari yuzasidan FIFAga shikoyat qiladi.
Finalda Argentina Kolumbiyani mag'lub etgan (1:0, qo'shimcha bo'lim) Amerika Kubogidagi g'alabani nishonlash chog'ida futbolchilar Frantsiya terma jamoasi o'yinchilari haqida haqoratomuz ashula aytishdi: "Ular Frantsiya uchun o'ynaydi, lekin ularning barchasi Angoladan keladi. Ularning onalari nigeriyalik, otalari kamerunlik, lekin pasportlarida “frantsuz” deb yozilgan. Videoni Argentina va “Chelsi” terma jamoasi yarim himoyachisi Entso Fernandes ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan, biroq ko'p o'tmay translyatsiyani to'xtatib qo'ygan.
La Provence nashrining xabar berishicha, Frantsiya futbol federatsiyasi argentinalik futbolchilarning irqiy xatti-harakatlari yuzasidan FIFAga murojaat qiladi, shuningdek, Argentina futbol assotsiatsiyasiga chora ko'rishni talab qilib xat yuboradi.

Bosh sahifaga
492