Akademik eshkak eshuvchilarimiz Koreyadagi qit'a birinchiligini muvaffaqiyatli yakunlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329
Janubiy Koreyaning Chonju shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. Musobaqaning so'nggi kun bahslarida bir qator ekipajlarimiz sovrindorlar qatoridan joy olishdi.
Jumladan, M4x qayig'idagi kvartetimiz marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi va qit'ada tengsiz ekanligini namoyish qildi. Shuningdek, MS-2 yo'nalishida Alisher Turdiev hamda Sardor To'lqinxo'jaev kumush medal bilan taqdirlangan bo'lsa, engil vaznli qayiqda kechgan yakkalik poygasida Sobir Safaraliev ham jamoamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi.
Kvartetda Osiyo chempionligini qo'lga kiritgan vakillarimiz tarkibi quyidagicha: Davrjon Davronov, Abdullo Muhammadaliev, Mehroj Mamatqulov, Shahboz Xolmurzaev.