Kellini yana kubok bilan paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Yakshanba kuni butun Evropa ahli Ispaniya va Angliya terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2024 final uchrashuvini tomosha qildi.
Kubok uchun kurash boshlanishidan oldin turnirning yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda kubokni Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jorjio Kellini futbol maydoniga olib chiqdi.
Aytish joizki, Kellini so'nggi turnirda evrokubokni boshi uzra ko'targandi.
Xabaringiz bor, Italiya terma jamoasi finalda Angliyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, Evro-2020 g'olibiga aylangandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
266