Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida g'olib bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

Janubiy Koreyaning Chondju shahrida akademik eshkak eshish bo'yicha Osiyo chemionati o'tib bormoqda. Quvonarlisi, ayni paytgacha o'tkazilgan bellashuvlar yakuni bo'yicha terma jamoamiz vakillari qator yo'nalishlarda oltin medallarga sazovor bo'lishdi.
Murosasiz bahslarda LM4X va M8 erkaklar ekipajlarimiz qit'ada tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. Shuningdek, og'ir vaznli qayiqda yakkalik bahslarda qatnashgan Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Shahboz Xolmurzaev kumush medal bilan taqdirlandi.
Ma'lumot uchun, barcha medallar 2000 metr masofaga suzish bahsida qayd etilgan. LM4X tarkibi: Shehroz Hakimov, Sobir Safaraliev, Evgeniy Agafonov, Shahzod Nurmatov. M8 tarkibi (boshqaruvchisi bilan): Dostonjon Xursanov, O'ktamjon Davronov, Zafar Usmonov, Shohjahon Najmiev, Otamurod Rahimov, Dostonjon Bahriev, Anatoliy Krasnov, Alisher Turdiev, Sardor To'lqinxo'jaev.

Bosh sahifaga
249