Eldor Shomurodovning akasi Surxondaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 507

O'FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgani haqida ma'lumot bergan edik. Tashrif davomida, Surxondaryo viloyati Futbol assotsiatsiyasiga yangi birinchi vitse-prezident tayinlandi.
O'zbek futbol muhlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan Sanjar Shomurodov Surxondaryo futbol assotsiatsiyasining yangi birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.
Uning oldiga, Surxondaryo futboliga yanada e'tibor qaratib, voha futboli mavqeini ko'tarish vazifasi yuklandi.
Ma'lumot o'rnida, Sanjar Shomurodov 2017-2018 mavsumda «Surxon» jamoasida futbolchi sifatida faoliyat yuritgan.
Sanjar, bugungi kunning eng yaxshi hujumchilaridan biri, o'zbek forvardi Eldor Shomurodovning akasidir.
Eslatib o'tamiz, bungacha Surxondaryo futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti vazifasini Najmiddin Meliqulov bajarib kelayotgan edi.
«Surxon» PFK matbuot xizmati

Bosh sahifaga
230