Belgiya va Gollandiya qo'shma chempionat tuzishmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 437
41
Belgiya va Gollandiya futbol federatsiyalari qo'shma chempionat tuzish imkoniyatini muhokama qilishmoqda. Bu haqda Gollandiya qirollik futbol federatsiyasi xabar tarqatdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, muhokamaning dastlabki bosqichida 11ta klub — Belgiyadan 5ta («Gent», «Bryugge», «Genk», «Anderlext», «Standard») va Gollandiyadan 6ta («Ayaks», «AZ Alkmaar», «Utrext», «Feyenoord», PSV, «Vitess») jamoa ishtirok etishdi.
Mazokaralarning ilk davri muvaffaqiyatli kechgan. Tez orada yangi chempionat tashkil qilishning texnik-iqtisodiy tahlil ishlari boshlanadi. Yangi chempionatning ishchi nomi — BeNeLiga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235