Futzal. Terma jamoamiz Tojikistonni yirik hisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 253
Eronda futzal bo'yicha Osiyo chempionatining Markaziy va Janubiy mintaqasi bo'yicha saralash bahslari yakunlandi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi so'nggi turda Tojikistonga qarshi maydonchaga chiqdi. Uchrashuvning dastlabki 3 daqiqasi ichida qo'shnilarimiz futbolchisi Bahodur Xo'jaev darvozamizga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi bo'lim o'rtalariga kelib vakillarimiz tashabbusni o'z qo'llariga olishdi va tanaffusga qadar raqib darvozasiga 5ta to'p kiritishdi.
Ikkinchi taymda esa ustunlik Bahodir Ahmedov shogirdlari tomonida bo'ldi va terma jamoamiz 9:3 hisobida g'alaba qozondi.
Shu tariqa, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichining har uchala bahsida g'alaba qozonib, 9 ochko jamg'argan holda guruhda 1-o'rinni egalladi.
Qit'a chempionatining final bosqichi 2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'tkaziladi. Futzal bo'yicha jahon chempionati esa 2020 yilning 12 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Litva mamlakati o'tkaziladi. Osiyodan 5ta terma jamoa Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Futzal: Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqa | “A” guruhi
O'zbekiston – Tojikiston 9:3 (5:2)
Gollar: Akbar Usmonov (8, 16), Husniddin Nishonov (15), Dilshod Rahmatov (18), Davron Choriev (19, 26, 28), Xushnur Erkinov (26), Dilmurod Shavkatov (29) - Bahodur Xo'jaev (1, 3), Rahmonali Sharipov (31).
O'zbekiston: 12.Ravshan Eliboev, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev.
Zaxira: 1.Rustam Umarov, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.