Evro-2024. Ispaniya - Germaniya va Portugaliya - Frantsiya uchrashuvlariga hakamlar tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 81

Juma kuni futbol ishqibozlarini qaynoq oqshom kutmoqda – shu kuni Evro-2024 da kuchli jamoalar ishtirokida ikkita yarim final o'yinlari bo'lib o'tadi. Avvaliga Ispaniya va Germaniya, keyinroq Portugaliya va Frantsiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi.
Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni Angliyadan kelgan hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Uni Entoni Teylor boshqaradi. Styuart Etuell VAR da ishlaydi, unga polyak Bartosh Frankovski va italiyalik Massimiliano Irrati yordam beradi.
Portugaliya – Frantsiya uchrashuviga ham ingliz Maykl Oliver bosh hakam etib tayinlandi. VAR da niderlandiyalik Pol van Bukel bo'ladi, unga ingliz Devid Kut va polshalik Tomash Kviyatkovski yordam berishadi.

Bosh sahifaga
248