Sterling – EChLning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rahim Sterling Evropa chempionlar ligasi 3-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ushbu sovrin uchun kurashda angliyalik futbolchi «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe, «Yuventus» forvardi Paulo Dibala va «Liverpul» yarim himoyachisi Aleks Oksled-Chemberlenni ortda qoldirdi.
Sterling «Atalanta»ga qarshi o'yinda xet-trikka erishish bilan birgalikda, bitta golga uzatma berdi va penalti ishladi. Yakunda «Siti» 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!