«Barselona» futbolchilari xunuk ish qilib ketishdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 625
"Barselona" futbolchilari Evropa chempionlar ligasi 3-turi doirasida "Salviya"ga qarshi bo'lib o'tgan Pragada o'yindan keyin xunuk ish qilib ketishdi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" o'yinchilari stadion kiyinish xonasida tashlandiq narsalar, yaroqsiz lash-lushlarni tashlab ketishdi. Kiyinish xonasi poli suv idishlar, bintlar, banan po'sti, polietilen paket va boshqa narsalar bilan to'ldi.
Eslatib o'tamiz, "Slaviya"ga qarshi o'yinda "Barselona" 2:1 hisobida g'alaba qozonib, "F" guruhi peshqadamiga aylandi. Kataloniyaliklar 5 noyabr kuni ushbu raqibni o'z maydonlarida qabul qilishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!