Bugun besh nafar dzyudochimiz Abu-Dabi turniridagi ishtirokini boshlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

Bugun BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo bo'yicha Katta dubulg'a turkumiga kiruvchi yirik musobaqa start oladi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida engil vazn toifasidagi ishtirokchilar g'oliblik kurashishadi.
Bugungi bahslarda 5 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Birozdan so'ng boshlanadigan bellashuvlarda dzyudochilarimiz musobaqani quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – David Shtarkel (Sloveniya) / Luka Mxaidze (Frantsiya)
-60 kg: Diyorbek O'rozboev – Mixrach Akkush (Turkiya)
-66 kg: Sardor Nurillaev – Matey Polyak (Slovakiya)
-66 kg: Shahram Ahadov – Artur Te (Qirg'iziston) / Alberto Martin (Ispaniya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Maryam Janashvili (Gruziya)

Bosh sahifaga
396