EChL. 3-turning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 455

UEFA o'z rasmiy saytida Chempionlar Ligasi 3-turining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga da'vogarlarni ma'lum qildi.
Nomzodlar qatoridan Paulo Dibala («Yuventus»), Aleks Oksleyd-Chemberlen («Liverpul»), Kilian Mbappe («PSJ») va Rahim Sterling («Manchester Siti») o'rin olishgan.

Paulo Dibala «Lokomotiv»ga qarshi o'yinda (2:1), Aleks Oksleyd-Chemberlen esa «Genk» bilan o'tgan bahsda (4:1) dublga erishdi. Kilian Mbappe «Bryugge» bilan o'tgan o'yinda (5:0) zaxiradan maydonga tushib, xet-trik qayd etdi va 1ta golga hammualliflik qildi. Rahim Sterling «Atalanta»ga qarshi bahsda (5:1) 3ta gol urdi va 1ta golga asisstentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
440