VXL. «Humo» – «Buran» 6:2
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480
Toshkentning «Humo» klubi o'z maydonida Voronejning «Buran» jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuv gollarga boy bo'ldi va yakunda toshkentliklar 6:2 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi.
Mezbonlar safida Pavel Sinyavskiy, Semyon Valuyskiy, Arslan Axmetyanov, Platon Popov (dubl) va Arseniy Eroxinlar tomonidan kiritilgan gollarga «Buran» safida Kirill Slepets va Aleksandr Chiglintsevlar javob qaytara olishdi xolos.
Ma'lumot uchun, "Humo" o'zining navbatdagi o'yinini 25 oktyabr kuni "Tambov"ga qarshi o'tkazadi. Mazkur bellashuv "Humo-Arena"da soat 19:30 da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
444