Futzal. Terma jamoamiz Afg'onistonni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463

Bugundan Eronning Urmiya shahrida futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslari start oldi.
Markaziy va Janubiy mintaqaning “A” guruhidan o'rin olgan O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk o'yinda Afg'onistonga qarshi bahs olib bordi. O'yin nazoratini qo'ldan chiqarmagan Bahodir Ahmedov shogirdlari 6:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
Futzalchilarimiz ertaga Nepal bilan to'qnash kelishadi. Tojikiston terma jamoasi bugun nepalliklar darvozasiga javobsiz 6ta to'p kiritishdi. Bu guruhda dastlabki 2ta o'rinni egallagan jamoa Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Qit'a chempionatining final bosqichi 2020 yilning 24 fevral - 10 mart kunlari Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida o'tkaziladi. Futzal bo'yicha jahon chempionati 2020 yilning 12 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Litva mamlakati o'tkaziladi. Osiyodan 5ta terma jamoa Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
Futzal: Osiyo chempionati-2020 saralashi
Markaziy va Janubiy mintaqa, “A” guruhi
O'zbekiston - Afg'oniston 6:2
O'zbekiston: 1.Rustam Umarov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Xamroev, 8.Xusniddin Nishonov, 14.Sunnatullo Jo'raev.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 2.Xushnur Erkinov, 3.Mashrab Adilov, 5.Shahzod Sadiev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Dilmurod Shavkatov, 10.Davron Choriev, 11.Akbar Usmonov, 13.Dilmurod Jumaev.
Saralash o'yinlari taqvimi:
23 oktyabr, chorshanba
14:30 | Tojikiston – Nepal - 6:0
17:00 | O'zbekiston – Afg'oniston - 6:2
24 oktyabr, payshanba
14:30 | Afg'oniston – Tojikiston
17:00 | Nepal – O'zbekiston
25 oktyabr, juma
14:30 | Nepal – Afg'oniston
17:00 | O'zbekiston – Tojikiston

Bosh sahifaga
235