«Napoli» prezidenti - Ibragimovichning transferi haqida: «Hamma istaklar ham amalga oshmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1869

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis "Los-Anjeles" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning Neapol klubiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
- Bu juda qiziq bo'lar edi. Ammo barcha istaklar ham amalga oshmaydi, - deya De Laurentisning so'zlaridan iqtibos keltiradi La Gazzetta dello Sport.
Avvalroq Ibragimovichning o'zi Italiyaga qaytishga tayyorligini bildirgan edi.
"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa hujumchini jamoada ko'rishni istashini ma'lum qilgan edi.
Ushbu mavsumda Ibragimovich MLS doirasida 30 ta o'yin o'tkazib, 30 ta gol urdi va 7 ta golga assistentlik qildi.
Hujumchiningning "Gelaksi" bilan shartnomasi 2019 yilning dekabrida nihoyasiga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236