Evro-2024da Slovakiyaning eng yaxshi to'purari Ukrainadan uchralgan mag'lubiyatni izohladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Slovakiya terma jamoasi juma kuni Evro-2024 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvida Ukrainaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, muxlislarini ranjitdi.
Hozirda Jamol Musiala bilan Evro-2024'da eng yaxshi to'purar bo'lib turgan slovakiyalik hujumchisi Ivan Shrants o'yindan keyin fikr bildirdi.
“Biz yaxshi boshlagan edik, lekin keyin sekinlasha boshladik. Biz ukrainaliklarga tezkor qarshi hujumlar uchun ko'proq joy qoldira boshladik. Afsuski mag'lub bo'ldik. Ammo ikkita o'yindan keyin ham biz pley-off uchun kurashni davom ettirmoqdamiz", - deya Shrantsning so'zlarini keltiradi UEFA.
Uchinchi turda Slovakiya terma jamoasi Ruminiyaga qarshi bahs olib boradi – o'yin 26 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265