Xokkey. “Humo” “Rostov”ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1000
Toshkentning «Humo» klubi o'z maydonida Rostov-na-Donuning «Rostov» xokkey jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning birinchi davrida tomonlar har qancha urinishmasin raqib darvozasini ishg'ol qila olishmadi. Ikkinchi davrning o'rtalarida Roman Tatalin va Artyom Voroninlarning uzatmasidan so'ng Pavel Sinyavskiy hisobni ochishga erishdi.
Biroq ikkinchi davr so'nggida mehmonlar Pavel Sherbakovning uzamtasidan so'ng Anton Antonov tomonidan kiritilgan shayba evaziga muvozanatni tiklashdi.
Bellashuvning 50-daqiqasiga kelib Sinyavskiy ikkinchi bor raqib darvozasiga yo'l topishga erishdi. Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari 2 ochkoga ega chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279