Velosporchtimiz Behzodbek Rahimboev Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2183

Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo'yicha kattalar va o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Bugungi bellashuvlarda terma jamoamiz a'zosi Behzodbek Rahimboev delegatsiyamizga yana bir medalni taqdim qildi. O'smirlar o'rtasida ochkolar bo'yicha guruh poygasi yo'nalishida qatnashgan Rahimboev shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarildi.
Velotrek bo'yicha OCh. J.Koreya
O'smirlar, ochkolar bo'yicha guruh poygasi
1. Aleksandr Bekenov (Qozog'iston) – 42 ochko
2. Chix Shen San (Xitoy Taipeyi) – 33
3. Behzodbek Rahimboev (O'zbekiston) – 20
Eslatib o'tamiz, kecha ayni shu yo'nalishda ayollar o'rtasida kechgan oygada Olga Zabelinskaya oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
241