«Sassuolo» - «Inter» o'yini paytida parashyutchi stadionga qo'ndi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1507

Italiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan «Sassuolo» - «Inter» o'yini paytida kutilmagan voqea yuz berdi.
Uchrashuvning 43-daqiqasida parashyutchi havodan uchib kelib, «Mapey – Chitta del Trikolore» stadioni maydoniga qo'ndi. Tomoshabinlar uni olqishlar bilan kutib olishdi. Stadion xodimlari darhol uning o'zini va parashyutini maydondan olib chiqib ketishdi. Shundan so'ng o'yin davom ettirildi.
Ushbu o'yinda «Inter» «Sassuolo» ustidan 4:3 hisobida zafar quchdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217