2021 yilgi klublar o'rtasidagi JCh Xitoyda o'tkazilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 675

2021 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati Xitoyda o'tkazilishi mumkin. Bu mamlakat mazkur musobaqani o'tkazish uchun yagona nomzod bo'lib turibdi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.
Ushbu masala payshanba kuni bo'lib o'tadigan FIFAning Shanxaydagi yig'ilishida ko'rib chiqiladi.
2021 yildan boshlab klublar o'rtasida JCh har 4 yilda bir marta o'tkaziladi. Unda 24ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda.
2019 va 2020 yillarda esa klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga Qatar mezbonlik qiladi va u 7ta jamoa ishtirokidagi formatda o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210