«Bavariya» futbolchisi uzoq muddatga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 671
37
“Bavariya” Bundesliganing 8-turi doirasida safarda “Augsburg”ga qarshi maydonga chiqib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
Myunxen klubi himoyachisi Niklas Zyule uchrashuvda jarohat oldi. “Bavariya” matbuot xizmati xabariga ko'ra, Zyule chap tizzasidan jarohat olgan. Endi himoyachi jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazadi. Hozircha futbolchining aniq qachon safga qaytishi haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.
Kicker ma'lumotiga ko'ra esa Zyule kamida 2 oy maydonga tusha olmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218