Manba: Kelasi mavsumda «Barselona»ni boshqaradigan murabbiy ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 778

Gollandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman 2020 yilda «Barselona» bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Gollandiya futbol federatsiyasi sport direktori Niko-Yan Xugmaning aytishicha, 56 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnomada shunday band borki, unga ko'ra, agar kataloniyaliklar kompensatsiya puli to'lashsa, Kumanni qo'lga kiritishlari mumkin.
Ronald Kuman terma jamoa bilan 2022 yilning yoziga qadar shartnomaga ega.
Kuman 1989-1995 yillarda futbolchi sifatida «Barselona» sharafini himoya qilgan. Shuningdek, 1998-2000 "ko'k-anorranglilar" murabbiylar shtabida ishlagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
368