Butunjahon harbiylar o'yinlarining birinchi kunida 4 ta medal jamg'ardik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 439

Xitoyning Uxan shahrida navbatdagi Butunjahon harbiylar o'yinlari start oldi. Dunyoning 150 ga yaqin mamlakat vakillari ishtirok etayotgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham asosiy tarkib bilan qatnashmoqda.
Bugun musobaqaning birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. E'tiborlisi, dzyudochilarimizning ushbu kunda ko'rsatgan ajoyib natijasi bizni umumjamoa hisobida to'rtinchi o'ringa olib chiqdi.
Bahslar davomida -66 kilogramm vazn toifasida ikki o'zbek dzyudochilari Artyom Shturbabin hamda Muhriddin Tilovovning finalgacha etib kelgani ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. O'ziga xos “o'zbekcha final”da Shturbabinning qo'li baland keldi. Shuningdek, -73 kilogramm vazn toifasida Hikmatilloh To'raev oltin, -52 kilogrammda esa Diyora Keldiyorova bronza medallari bilan taqdirlandi.
Shu tariqa O'zbekiston delegatsiyasi hisobida birinchi kundan so'ng 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallari mavjud.

Bosh sahifaga
368