La liga. «Atletiko» g'alabani qo'ldan chiqardi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37730

Mavsumni yaxshi boshlagan "Atletiko" klubi, so'nggi turlarda duranglar "epidemiyasi"ga duchor bo'ldi. "Matraschilar" so'nggi 6ta o'yinda 1 marta g'alaba qozonib, 4 marta durang o'ynadi, bitta o'yinda yutqazdi.
Simeone shogirdlari "Vanda Metropolitano"da "Valensiya"ni qabul qildi. Uchrashuvning 35-daqiqasida to'p Denis Cherishevning qo'liga tegdi. Hakam VAR yordamida valensiyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Diego Kosta undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.
Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida Daniel Parexo 25 metrlar masofadan jarima zarbasini yo'llab, ajoyib gol muallifiga aylandi.
Uchrashuv durang bilan yakunlandi. "Atletiko" 13 ochko bilan 4, "Valensiya" esa 13 ochko bilan 6-o'rinni egallab turishibdi.
Ispaniya La ligasi, 9-tur
Atletiko – Valensiya 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 36, penalti Diego Kosta, 1:1 – 82 Parexo.
Atletiko – Oblak, Ermoso (Lodi, 54), Aryas, Ximenes, Felipe, Saul, Koke, Tomas (Lemar, 54), Joau Feliks, Morata (Lorente, 68), Diego Kosta.
Valensiya – Sillessen, Kosta, Gabriel Paulista, Garay, Vass, Kondogbia (Gameyro, 65), Ferran Torres (Soler, 71), Parexo, Koklen, Cheriishev (Li Kan In, 77), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Tomas (29), Cheriishev (39), Joau Feliks (44).
Chetlatish: Li Kan In (90).

Bosh sahifaga
191