«Milan» kelasi yili Gvardiola bilan shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

"Milan" rahbariyati bosh murabbiy lavozimiga ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiolani taklif qilmoqchi.
Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko'ra, "rossoneri" kelasi yilda "Manchester Siti" bosh murabbiyini Italiyaga olib kelishga urinib ko'radi.
Shuningdek, milanliklarni boshqarishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatiga Ukraina terma jamoasi ustozi Andrey Shevchenko ham kiritilgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum boshida Marko Jampaolo "Milan" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Ammo u 8 oktyabr kuni iste'foga chiqarildi. Uning o'rnini Stefano Pioli egalladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250