22 yillik tanaffusdan so'ng: «Arsenal» o'z tarixida 14-marta Angliyada tengsiz deb topildi

«Arsenal» klubi muddatidan oldin APL 2025/26 yilgi mavsumi chempioniga aylandi.
Seshanba, 19 may kuni turnir jadvalida ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti» safarda «Bornmut» bilan durang o'ynadi (1:1) va «kanonirlar»ga matematik jihatdan etib olish imkoniyatidan butunlay mahrum bo'ldi.
Mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganda «Arsenal» 82 ochko bilan Premer-liga peshqadami bo'lib turibdi, «Manchester Siti» esa 78 ochko bilan ikkinchi o'rinni band etgan.
Bu «Arsenal»ning o'z tarixidagi 14-Angliya chempionligi bo'ldi. Londonliklar 2003/04 yilgi mavsumdan buyon ilk bor APL g'olibiga aylanishdi — o'shanda «kanonirlar» Arsen Venger qo'l ostida Premer-liga doirasida birorta ham mag'lubiyatga uchramay chempionlikni qo'lga kiritishgan edi.
Manba: www.stadion.uz.