FIFA klublar o'rtasidagi JCh logotipini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 533

Klublar o'rtasidagi jahon chempionati 2019 va 2020 yillarda Qatarda bo'lib o'tadi. FIFA mazkur musobaqaning logotipini taqdim qildi.
Tagkursi ustiga o'rnatilgan marvarid ko'rinishidagi to'p turnir ramzi sifatida tanlandi. To'q qizil va feruza ranglar bejizga tanlanmagan. Ular Qatar bayrog'i va Doha ko'rfazi ranglarini aks ettiradi.
Eslatib o'tamiz, klublar o'rtasidagi jahon chempionati 11 dekabrdan 21 dekabrgacha Qatarda bo'lib o'tadi. Hozircha unda ishtirok etadigan 5ta jamoaning nomi aniq. Ular: "Liverpul" (Evropa), "Esperens" (Afrika), "Monterrey" (Shimoliy Amerika), "Xiengene" (Okeaniya), "As-Sadd" (mezbon). Osiyo chempionlar ligasi va Libertadores kubogi g'olibi 24 noyabrda aniq bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179