Zidan va Pogba Dubayda uchrashishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba milliy jamoalar o'yini tufayli yuzaga kelgan tanaffus paytida Dubayda uchrashishdi. Bu haqida Mirror nashri xabar bermoqda.
MYu» yarimhimoyachisi to'pig'idan olgan jarohati tufayli Frantsiya milliy jamoasiga chaqirilmadi va Yaqin Sharqqa uchib ketdi. Zidan ham Dubayda sportda sun'iy intellektdan foydalanish mavzusida o'tkazilgan DAIS konferentsiyasida ishtirok etdi.
Ular nima haqida gaplashishgani noma'lum. Lekin bungacha Zidan Pogbani "Real"ning bir qismi sifatida ko'rishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
261