Bokschilarimiz Osiyo chempionatida 20 ta medal bilan qit'amizda yana tengsiz bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336
BAAning Fujayra shahrida boks bo'yicha o'smir yigitlar va qizlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga etdi. Musobaqaning final bahslariga 11 nafar vakilimiz etib borgani haqida ma'lum qilgan edik.
E'tiborlisi, 11 finalchilardan 8 nafari hal qiluvchi bahsni g'alaba bilan yakunlay olishdi va Osiyo chempionatini oltin medal bilan tugatdilar. Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza, jami 20 ta medal bilan yurtimizga qaytib keladigan bo'lishdi. Bu esa, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritganimizni anglatadi. G'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha:
Oltin medal:
-48 kg: Sabina Boboqulova
-50 kg: Feruza Kazakova
-52 kg: Nigina O'ktamova
-63 kg: Azizbek Tojiev
-70 kg: Login Petrov
-75 kg: Nusratbek Tohirov
+80 kg: Jahongir Zokirov
-63 kg: Aziza Zokirova
Kumush medal:
-57 kg: Bilolbek Ixvolov
-60 kg: Bekzod Bekmurodov
-60 kg: Mohira Ahmedova
Bronza medal:
-46 kg: Iqboljon Qudratov
-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov
-50 kg: Anvar Boltaboev
-52 kg: G'ofurjon Tohirov
-54 kg: Jahonmurod Imomaliev
-66 kg: Aloxon Abdullaev
-46 kg: Mohlaroyim Savriddinova
-54 kg: Ruhshona O'ktamova
-70 kg: Shahnoza Ergasheva
Terma jamoamiz vakillari ertaga 16:15 da yurtimizga etib kelishadi.

Bosh sahifaga
228