O'FA texnik direktori Trenerlik konventsiyasi bo'yicha OFKning maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 327

Bilasiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan muntazam ravishda trenerlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha OFKning maxsus kurslari o'tkazib kelinadi.
Bu borada olib borilayotgan ishlar samarasi o'laroq O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi texnik direktori Shovkat Imamov qit'a futbol uyushmasining Trenerlik konventsiyasi bo'yicha maxsus tekshiruv komissiyasi tarkibiga kiritildi.
Ayni kunlarda mazkur konventsiya bo'yicha maxsus tekshiruv komissiyasi Kuvaytda bo'lib turibdi va Kuvayt futbol federatsiyasi tomonidan o'tkaziladigan trenerlar ta'limi bo'yicha kurslar, bu borada olib borilayotgan ish jarayoni tekshirib, baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233