Raneri: «Sampdoriya» «Fulxem» emas, bizda tajribali futbolchilar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

"Sampdoriya" bosh murabbiyi Klaudio Ranerining ta'kidlashicha, uning jamoasida bu mavsumda muvaffaqiyatga erishish uchun barcha zarur narsalar mavjud.
"Sampdoriya" "Fulxem" emas. Unutmang, "Fulxem" APLda hech qachon to'p surmagan futbolchilardan tashkil topgan klub edi. Bizda esa tajribali futbolchilar bor.
Jadvalning quyi qismida joylashgan jamoalarning sifati yaxshilandi, bu bizning qiyinchiliklarimizni yanada kuchaytiradi, shu bilan birga Italiya futboli eng yuqori pog'onaga qaytayotganidan dalolatdir.
Ishonchim komilki, ushbu tarkib "A" Seriya jadvalining pastki qismida bo'lmasligi kerak va men shogirdlarim taslim bo'lmasligini istayman", - deya Raneri Goal nashriga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214