Kazemironing 4-sariq kartochkasi bekor qilindi. U El-Klasikoda maydonga tusha oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 12895

Ispaniya sportining ma'muriy sudi (TAD) La Liganing 3-turida "Vilyarreal" bilan o'yinda (2: 2) "Real" yarim himoyachisi Kazemiro olgan sariq kartochkani bekor qildi.
"Tasvirlarni o'rganish jarayonida hakamning xato qilgani aniqlandi (Xesus Xil Mansano)", deyiladi TAD qarorida.
Endi braziliyalik futbolchi hisobida Ispaniya chempionatida uchta sariq kartochkaga ega bo'lib turibdi.
Bu shuni anglatadiki, agar futbolchi "Malorka"ga qarshi o'yinda sariq kartochka olsa, "Barselona" bilan 10-tur uchrashuvini o'tkazib yuborish xavfi yo'q.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
386