Aleksis Sanches yil oxirigacha safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 460

Chili terma jamoasi va «Inter» klubi hujumchisi Aleksis Sanches chap oyog'ining to'piq qismidan operatsiya qilindi.
Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi, deya xabar tarqatdi «neradzurri» rasmiy sayti. Sanchesning tiklanishi uchun kamida 3 oy vaqt kerak. Shu tariqa, chililik futbolchi 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi.
Eslatib o'tamiz, Aleksis Sanches Kolumbiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida jarohat olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
415