Manchini Italiyaning 80 yillik rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353

Roberto Manchini boshchiligidagi Italiya jamoasi ketma-ket to'qqiz to'qnashuvda g'alaba qozondi.
Bu 1938-39 yillarda Jahon kubogi g'olibi Vitorio Potstso tomonidan o'rnatilgan rekordning takrorlanishi.
Potstso boshchiligidagi jamoa Belgiya, Yugoslaviya, Norvegiya, Frantsiya, Braziliya, Vengriya, Shveytsariya, yana Frantsiya va Germaniyani mag'lub etgan. 1938 yilgi Jahon chempionati ushbu seriyaga kiritilgan bo'lib, unda italiyaliklar finalda vengriyaliklarni 4:2 hisobida mag'lub etishdi.
Manchinining g'alabalari 2018-yilning noyabr oyida AQSh jamoasi bilan boshlandi. Keyin Finlyandiya, Lixtenshteyn, Gretsiya, Bosniya va Gertsegovina, Armaniston, Finlyandiya, Gretsiya va Lixtenshteynni mag'lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvlarda Manchini shogirdlari 25 ta gol urgan va atigi 3 ta gol o'tkazib yuborgan.

Bosh sahifaga
211