De Xea «Liverpul»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Robert Moreno Shvetsiyaga qarshi o'yindan keyin quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.
“Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, bizda imkoniyatlar ko'p bo'ldi, biroq ulardan foydalana olmadki. Biroq yakundan Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritdik.
De Xea bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Tanaffusda u o'yinni davom ettira olishini aytdi. Unda birogz mushaklari bilan muammo bor”, - deydi Moreno.
Ma'lumot uchun, De Xea o'yinni yakunlay olmadi. 60-daqiqada uning o'rnini Kepa Arisabalaga egalladi.
A Bola nashrining xabariga ko'ra, ispaniyalik darvozabon chap oyoq mushaklaridan jarohat olgan va katta ehtimol bilan u 20 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan “Liverpul”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Bosh sahifaga
414