Evro-2020 saralash. «F» guruhi. Ispaniya ketma-ket 7-marta Evropa chempionatiga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 334

Ispaniya terma jamoasi saralash bosqichida yakuniga etishiga 2ta tur qolganida Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Robert Moreno shogirdlari Shvetsiyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvning so'nggi daqiqasida Rodrigo tomonidan kiritilgan to'p evaziga mag'lubiyatdan qutulib qolishdi.
Ruminiya esa Norvegiyaga qarshi uchrashuvning so'nggi daqiqasida g'alabani qo'ldan chiqardi. Natijada ispanlar 20 ochko to'plagan holda Shvetsiya bilan 5, Ruminiya bilan esa 6 ochkolik farqni saqlab qoldi. Kelasi turda Ruminiya va Shvetsiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishini inobatga olganda, ulardan kamida bittasi Ispaniyaga eta olmadi. Shuning uchun "qizil furiya" muddatidan oldin Evropa chempionatiga yo'l oldi.
Evro-2020 saralash
"F" guruhi, 8-tur
Shvetsiya – Ispaniya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 50 Berg, 1:1 – 90 Rodrigo.
Shvetsiya – Olsen, Grankvist, Bengtsson, Lindelef, Lyustig, Forsberg, Ekdal (Svensson, 83), Larsson, Olsson, Kvayson (Isak, 77), Berg (Andersson, 90).
Ispaniya – De Xea (Arrisabalaga, 60), Albiol, Martines, Bernat, Karvaxal (Navas, 81), Rodri Ernandes, Alkantara (Rodrigo, 66), Sebalos, Fabian Ruis, Oyarsabal, Jerar Moreno.
Ruminiya – Norvegiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 62 Mitritse, 1:1 – 90 Serlot.
Ruminiya – Teterushanu, Banku, Nedelcharu, Rus, Benzar, Anton (Bordeyanu, 84), Marin, Dyak, Stanchu, Mitritse (Nistor, 79), Pushkash (Andone, 63).
Norvegiya – Yarsteyn, Ayer, Xovland, Aleesami, Elabdellaui, Yuxansen (Serlot, 46), Selnes (Yonsen, 67), Berge, Xenriksen (Normann, 81), Edegor, King.
Farer – Malta 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 71 Baldvinsson.
Farer – Nilsen, Davidsen (Frederiksberg, 85), Gregersen, Vatnsdal, Edmundsson (Egilsson, 90), Danielsen, Byartaluyd (Olsen, 65), Olsen, Vatnxamar, Xansson, Baldvinsson.
Malta – Bonello, Muskat (Tserafa, 80), Adjius, Borg, Fenek (Gembin, 71), Muskat, Nvoko, Vella, Grech, Mifsud (Effiong, 71), Mbong.
| 1 | Ispaniya | 8 | 6 | 2 | 0 | 19-5 | 20 |
| 2 | Shvetsiya | 8 | 4 | 3 | 1 | 18-9 | 15 |
| 3 | Ruminiya | 8 | 4 | 2 | 2 | 17-8 | 14 |
| 4 | Norvegiya | 8 | 2 | 5 | 1 | 13-10 | 11 |
| 5 | Malta | 8 | 1 | 0 | 7 | 2-18 | 3 |
| 6 | Farer orollari | 8 | 1 | 0 | 7 | 4-23 | 3 |

Bosh sahifaga
347