Evro-2020 saralash. «D» guruhi. Shveytsariya Irlandiyani mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 376

Evro-2020 saralash bosqichi doirasida hal qiluvchi o'yinlardan biri Jeneva shahrida bo'lib o'tdi.
Shveytsariya terma jamoasi «Stad de Jenev»da Irlandiyani qabul qilib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Ushbu g'aladan keyin "soatsozlar" o'z ochkolarini 11taga etkazib olishdi va ular hisobida yana 2ta — Gruziya va Gibraltarga qarshi o'yinlar qoldi.
12 ochkoga ega bo'lib turgan Irlandiya esa bitta o'yinni shuncha ochko jamg'argan Daniyaga qarshi o'z uyida o'tkazadi. Mazkur o'yindagi g'alaba irlandlarni Evropa chempionatiga olib chiqadi. Daniyaliklar hisobida 2ta o'yin qolganiga qaramay, Irlandiyaga yutqazib qo'yishsa, o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra raqibidan o'tib keta olmaydi. Shu bois, 18 noyabrda bo'ladigan Irlandiya - Daniya o'yini hayot-mamot jangiga aylanadi.
Evro-2020 saralash
"D" guruhi, 8-tur
Shveytsariya – Irlandiya 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 16 Seferovich, 2:0 – 90, avtogol Daffi.
Shveytsariya – Zommer, Rodriges, Elvedi, Akandji, Lixtshtayner (Froyler, 70), Zakariya, Jaka, Sher, Embolo (Shteffen, 88), Seferovich, Mexmedi (Fernandesh, 28).
Irlandiya – Rendolf, Daffi, Koulmen, Igan, Stivens, Braun, Xendrik, Uelan, Makkleyn, Konnolli (Xogan, 69), Kollinz (O`Doda, 46).
Chetlatish: Koulmen (76).
Gibraltar – Gruziya 2:3 (0:2, 2:1)
Gollar: 0:1 – 10 Xaraishvili, 0:2 – 21 Kankava, 1:2 – 66 Kassiaro, 2:2 – 74 Chipolina, 2:3 – 84 Kvilitaya.
Gibraltar – Golduin, Britto, Olivero, Chipolina (Barnett, 82), Mueli, Xassan (Ernandes, 81), Sardjent, De Barr, Uoker (Pons, 90), Chipolina, Kassiaro.
Gruziya – Loriya, Xocholava, Grigalava, Navalovskiy (Kverkveliya, 90), Kakabadze, Kazaishvili, Kankava, Shengeliya, Ananidze, Xaraishvili (Kiteyshvili, 61), Lobjanidze (Kvilitaya, 68).
| 1 | Daniya | 6 | 3 | 3 | 0 | 16-5 | 12 |
| 2 | Irlandiya | 7 | 3 | 3 | 1 | 6-4 | 12 |
| 3 | Shveytsariya | 6 | 3 | 2 | 1 | 12-5 | 11 |
| 4 | Gruziya | 7 | 2 | 2 | 3 | 7-10 | 8 |
| 5 | Gibraltar | 6 | 0 | 0 | 6 | 2-19 | 0 |

Bosh sahifaga
367