Bolgariya futbol federatsiyasi prezidenti iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 373

BBC xabariga ko'ra, Bolgariya futbol federatsiyasi prezidenti Borislav Mixaylov Angliya terma jamoasiga qarshi Evro-2020 saralash uchrashuvidagi voqealardan so'ng iste'foga chiqdi.
Eslatib o'tamiz, hakam birinchi bo'limda uchrashuvni ikki marta britaniyaliklarga nisbatan mahalliy muxlislar tomonidan irqchilik sababli to'xtatgan edi.
Bundan tashqari, Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov mahalliy ishqibozlarning dahshatli xatti-harakatlarining oldini olishga qodir emasligi sababli futbol mutasaddisini iste'foga chiqishga chaqirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
231