Lunin: "Real"da qolishim kerak edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 549

Shartnomasi "Real"ga tegishli bo'lgan "Valyadolid" darvozaboni Andrey Lunin, mavsum davomida Madrid jamoasini tark etmasligi kerakligini aytdi.
"Navas "Real"dan ketishini hech kim bilmas edi. Agar men bilsam, bu imkoniyatdan foydalangan bo'lar edim.
Keylorning munosabati klubda o'zimni erkin his qilishimga yordam berdi. Biz tez-tez birga tushlik qilardik. U doim mening ahvolimni so'rab turardi va menga ko'rsatgan yordamidan minnatdorman."
Shuningdek, ukrainalik darvozabon hozirgi klubi haqida gapirdi.
"Valyadolidda yuqori darajadagi bir nechta futbolchilar bor. Mashg'ulotlar juda qiyin va juda tez, ammo ular mening rivojlanishim uchun foydalidir", - deydi Lunin Marca nashriga.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
387