PSJ yanvarda Paketani sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408

"Milan" yarim himoyachisi Lukas Paketa PSJ qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deb xabar beradi Sky Sport Italia.
Parijliklar hujumkor yarim himoyachining o'yinlarini tomosh qilishmoqda va yanvarda uni sotib olishga harakat qilishadi.
Braziliyalik futbolchi Italiya klubining boshlang'ich tarkibidagi o'rnini yo'qotmoqda va parijliklar ushbu vaziyatdan foydalanib, uni saflariga jalb qilishmoqchi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi "rossoneri"liklar safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Eslatib o'tamiz, futbolchining "Milan" bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning iyungacha amal qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
312